Buxoro operatsiyasi

Buxoro operatsiyasi
Rossiyada fuqarolar urushi

Xarita (rus tilida)
Sanalar 1920-yi 20-avgust — 2-sentyabr
Urush yeri Buxoro amirligi
Natija bolsheviklar gʻalabasi
Raqiblar
Buxoro amirligi
Bosmachilar
RSFSR
Yosh buxoroliklar
Buxorolik bolsheviklar
Qoʻmondonlar
Amir Olimxon Mixail Frunze
Kuchlar
16 000 nayza va otliq askar
20 ta pulemyot
55 yirik oʻqotar qurol
12 000 ga yaqin kishi
230 pulemyot
40 ta yirik oʻqotar qurol
5 ta zirhli poyezd
11 ta samolyot
8 ta zirhli arava
5000 ga yaqin kishi
Yoʻqotishlar
3000—5000 kishi[1] 3500 kishi[1]

Buxoro bosqini yoki Buxoro operatsiyasi — M. V. Frunze qoʻmondonligidagi (9 mingga yaqin kishi) Turkiston fronti Qizil Armiya qismlarining Yosh buxoroliklar va buxorolik kommunistlar harakati (5 mingga yaqin) koʻmagida Buxoro amirini agʻdarish maqsadida 1920-yil 2-sentyabrdagi urushi. Amir qoʻshini (16 ming kishi) asosiy kuchlar va alohida otryadlar — Xatirchi va Karmana bilan Eski Buxoro hududini egallaydi. Taxtiqoracha dovoni, Shahrisabz va Qarshida Buxoro beklarining otryadlari (27 mingdan ortiq kishi) faoliyat yuritgan. 23-avgustda Yosh buxoroliklar va buxorolik kommunistlar Chorjoʻy bekligida qoʻzgʻolon koʻtarib, Turkiston Sovet Respublikasiga yordam soʻrab murojaat qilganlar. Buxoro operatsiyasi 29-avgustda Sovet qoʻshinlari tomonidan Eski Chorjoʻy qoʻzgʻolonchilari bilan birgalikda bosib olinishi bilan boshlanadi. Chorjoʻyda tuzilgan inqilobiy qoʻmita Buxoro aholisini amirlikka qarshi kurashga chaqirgan. 2-sentyabrda Buxoroni tutun qoplagan, 1920-yil 8-oktyabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi.

Qizil Armiya bosqinidan keyin Buxorodagi yong‘inlar. (Tayyora fotosurati, 1920-yil 1 sentyabr)
  1. 1,0 1,1 „"Память о будущем": Бухарская "революция" (1920)“. 2016-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-yanvar.

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search